Talabalar bilan uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining akademik ishlar bo‘yicha
prorektori M.R. Xadjayev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy
ishlar prorektori S.X. Mardov, va dekan muvini bilan birgalikda
universitetning 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan
uchrashdi.
Ushbu uchrashuvning maqsadi talabalar bilan muloqot qilish, ularning
turar joydagi sharoitlarini o‘rganish, o‘qish va yashash jarayonida duch
kelayotgan muammolarni tinglash hamda kerakli yordamni ko‘rsatish.
Uchrashuvda talabalarning o‘qishga oid ehtiyojlari, yotoqxonadagi
qulaylik va xavfsizlik masalalari, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilinadi.
Talabalarning savollariga javob berib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berib o'tildi.
Bu kabi tadbirlar talabalarning o‘qish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega.