Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti ''Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik'' kafedrasi professor-o'qituvchi va fakultet tyutorlari hamkorligida talaba-yoshlar o'rtasida "Yoshlarning manaviy-ahloqiy holatiga ta'sir ko'satuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik'' kabi muommalarni bartaraf etishning samarali yo'llari bo'yicha profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti ”Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi professor-o’qituvchilari va fakultet tyutorlari hamkorligida talaba-yoshlar o'rtasida, "Yoshlarning manaviy-ahloqiy holatiga ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik" kabi muommalarni bartaraf etishning samarali yo'llari bo'yicha profilaktik tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni Yunusobod tumani IIO 4-sonli IIB bo'lim boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik A. Kuchkarov, Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, PPX xodimlari olib bordilar. Ushbu targ'ibot tadbirini o'tkazishdan asosiy maqsad huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik va ularni oldini olish borasida qator ishlar olib borilayotganligi, mazkur uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, milliy madaniyatimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.