Toshkent arxitektura qurilish universiteti “Qurilish” fakulteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2-sonli talabalar turar joyida “Kafedra kuni” tadbirlari rejasi asosida "Giyohvandlikga qarshi kurashish" mavzusida tadbir o‘tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 58

Ushbu tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professor-o’qituvchisi Mustafaqulov Dilshod va Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari 2024 yil 12-noyabr kuni darsdan tashqari vaqtda Toshkent arxitektura  qurilish  universiteti 2-sonli talabalar turar-joyiga tashrif buyurdilar. Tashrif vaqtida yotoqxona qavatlari tekshirilib, talabalar bilan odob-ahloq masalalari, yotoqxonaning sanitar-gigienik holati to‘g‘risida tushintirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng yotoqxonaning ma’naviyat xonasida "Giyohvandlikga qarshi kurashish" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri dos. Baymatov Sh.X. "Giyohvandlikga qarshi kurashish" mavzusidagi tadbirini ochib berdi. Shundan so‘ng Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi o’qituvchisi Mustafaqulov Dilshod hamda “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  prof. Miralimov M.M., dosentlar Norov N.N., Xasanov B.B., Rashidov J.G’. lar mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. “Kafedra kuni” tadbirida kafedra professor - o‘qituvchilari dosentlar Xakimov G’.A., Babajanov M.B., katta o’qituvchilar Muminov A.A., Berdimurodov A.E., assistent Xojiev N.M. lar ham ishtirok etishdi. Tadbirdan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bugungi kunda yurtimizda ,,Barcha sayi harakatlar inson qadri uchun’’ deb nomlangan ezgu maqsad yo`lida harakat qilinayotgan davrda yoshlarning mana shunday jirkanch illatga ruju qo`yishi bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi milliy va xalqaro mutaxassis olimlarning tadqiqotlari natijasidan ham ayon bo`ladi. Hozirgi kunda jamiyatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholanib qolinayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Bizning fikrimizcha, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki jamoat tashkilotlari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, oila va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. Shu sababli ham jamiyatimizda yoshlar o`rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aylanmasiga chek qo`yish, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini ta`rg`ib qilish uchun barchamiz birdek ma`sulmiz.