Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Jaholatga qarshi ma'rifat'' mavzusida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 34

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Din ishlari bo’yicha qo’mita ma’sul xodimi Sh.Jumayev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslaxatchisi N.Nishanbayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. So'zga chiqqan ma'ruzachilar shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyati, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish va bunda O‘zbekiston tajribasi, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Ayni paytda O‘zbekistonning “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shioriga muvofiq ravishda islom dinining tinchlikparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g'oyalarini tarqatishga, shu tariqa mamlakat, mintaqa va dunyo miqyosida radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish, bu illatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlab o'tildi.