Xitoyda "Butunjahon kasb-hunar va texnik ta'limni rivojlantirish'' konferensiyasi o'tkaziladi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 226

Xitoyda “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish” konferensiyasi o’tkaziladi. 19–23-noyabr kunlari bo’lib o’tadigan ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Safarning birinchi kunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida oliy va kasbiy ta’lim, ilm va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar olib bordi. Bundan tashqari, Elchixonada Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilinganliging 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27986