Mamlakatimizning yangi arxitekturaviy qiyofasini yarating
Ayni daqiqalarda 'Mamlakatimizning
yangi arxitekturaviy qiyofasini yarating' shiori ostida Toshkent
arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti kafedralari bilan
hamkorlikda UPGRADE ARXITEKTURA va SHAHARSOZLIK loyihasining talabalar
o’rtasida BIRINCHI WORKSHOP taqdimoti tashkil etildi.
Workshop maqsadlari:
- O’zbekistonning
arxitekturaviy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan me’morchilik sohasidagi
eng yaxshi loyihalarni aniqlash;
- Zamonaviy va qulay shahar muhitini
yaratishga yo’naltirilgan loyihalarni rag’batlantirish;
- Arxitektura va dizayn yo’nalishlarida ta’lim
olayotgan iste’dodli talabalarni qo’llab-quvvatlash.
-Bu loyiha yirik xalqaro
arxitektura va qurilish kompaniyalari bilan tajriba almashish va muloqot qilish
uchun o’ziga xos maydon deydi, loyiha rahbari Shukrullobek Jahongirov.
-Ushbu loyiha hamkorlari Foster + Partners, Benoy, KEYM, Özguven, MIMAR Group,
Discover Invest.