TAQU yosh olimlari xalqaro forumda
7-noyabr kuni Hilton Tashkent City konferens zalida “Sement Beton Ishlab
chiqarishda va tadbir qilishda zamonaviy texnologiyalar” mavzusi boʻyicha
AKKERMANN CEMENT Ikkinchi Xalqaro forumi bo’lib o’tdi va bu xalqaro anjumanida
Universitetimizda uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli
faoliyat koʻrsatayotgan va yosh olimlarga rahbarlik kulib kelayotgan ustoz
domla texnika fanlari doktori, professor Komilov Xabibulla Xamidovichni
doktorant shogirdlari ishtirok etishdi. Xususan shu forumda Universitetimizning
“Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi assistenti
Abdazov Dilshod Raxmadjon o’g’li “o’z-o’zidan zichlashuvchi betonlar”
mavzusida taqdimot qildi, Hozirgi kunda Respublikamizda bu turdagi betonlarga
boʻlgan amaliy ehtiyoj va bu ilmiy ishning chuqur negizi forum qatnashchilari
tomonidan katta qiziqishga va jonli munozaraga sabab bo’ldi. Ushbu
anjumanda bizning tadqiqotchilarimiz ilmiy ishlariga ko’rsatilgan eʼtibor va jonli
qiziqish kelgusida Universitetimiz yosh olimlari fan doktori, professor bo’lishlariga
qo’shimcha asos deb umid qilgan xolda, ularga ulkan zafarlarni tilab qolamiz!