"Oliy ta'lim-korrupsiyasiz soha''

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 44

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oliy ta'lim - korrupsiyasiz soha mavzusida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"ni o'tkazish va professor-o'qituvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan  tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. Xususan universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan Muhandislik fakulteti professor-o'qituvchilari uchun tashkil etilgan tadbirda TDYU kafedra mudiri o’rinbosari, dotsent, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga "Korrupsiyaga qarshi kurashish " va "Manfaatlar to'qnashuvi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek ishtirokchilarga  korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, ularning keltirib chiqaruvchi shart sharoitlar hamda shu kabi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik to'g'risida ham fikr yuritildi.