2024-yil 23-noyabr kuni TAQU rektori Tulaganov Baxrom Abdukabilovich rahbarligidagi delegatsiya Chongching universitetiga tashrif buyurdi.
2024-yil 23-noyabr kuni TAQU rektori Tulaganov Baxrom
Abdukabilovich rahbarligidagi delegatsiya Chongching universitetiga tashrif
buyurdi. Mazkur universitetda delegatsiya a’zolari Chongching universitining
Arxitektura, Qurilish fakultetlarida qator uchrashuvlar o’tkasdilar. So’ngra
Chongching universitetining Qurilish konstruktsiyalari, qurilish materiallari,
qurilish texnologiyalari laboratoriyalari bilan tanishdilar. Kunning ikkinchi
yarmida Chongching universitetining loyiha institutida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvdan so’ng delegatsiya a’zolari mazkur institutning Shaharsozlik,
Arxitektura, Qurilish muhandisligi, Restavratsiya bo’limlarinng faoliyati bilan
tanishdilar. O’tkazilgan uchrashuvlar yakunida tomonlar quyidagilarga kelishib
oldilar:
1. O’tkazilgan muzokaralar natijasida O’zbekiston
Respublikasining muhandislik yo’nalishidagi OTMlaridan jami 40 nafar yosh
oliimlari 1 dan 2 oygacha muddat davomida Chongching universitetida stajirovka
o’tashiga kelishib olindi.
2. O’zbekiston Reapublikasi Prezidentining 161-son
qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Seysmik xavfsizlik
bo’yicha hamkorlik qilish, 16 qavatdan yuqori bo’lgan binolar uchun hisob-kitob
ishlarini amalga oshirishda Xitoy tajribasinidan foydalanish maqsadida Chongching
universiteti professorlarini TAQUga
taklif qilish kelishildi.
3. 2025/2026 o’quv yiladan boshlab Ikki oliy ta’lim muassasi o’rtasida 2+2 qo’sa ta’lim dasturlarini amalga oshirishga kelishib olindi.