2024-yil 25-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi Rektor v.v.b. rahbarligidagi delegatsiya XXRning Anhu provintsiyasidagi Anhu arxitektura universitetiga tashrif buyurdilar.
2024-yil 25-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
rektor v.v.b. B.A.Tulaganov rahbarligidagi delegatsiya XXRning Anhu
provintsiyasidagi Anhu arxirtektura universitetiga tashrif buyurdilar. TAQU
delegatsiyasini mazkur universitet Prezidenti Li Huang kutib oldi. Ucharashuv
davomida Prezident delegatsiya a’zolarini qutlab, universitet haqida to’liq
ma’lumot berib o’tdi. O’z navbatida TAQU Rektori v.v.b. B. Tulaganov ham
universitet haqida gapirib o’tdi. Olib borilgan muzokaralar davomida tomonlar
quyidagi kelishuvlarga erishdilar:
1. Qurilish materiallari sohasida o’zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish;
2. Arxitektura va qurilish yo’nalishlarida 2+2 Qo’shma ta’lim
dasturlarini rivojlantirish;
3. Hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish;
4. Yozgi maktablar tashkil etish.