Knauf va TAQU hamkorlikdagi ilmiy amaliy mashg'ulot.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 63

Innovatsion qurilish materiallari sohasida malaka oshirish: Knauf va TAQU Hamkorligi Hamkorlikning Ahamiyati Innovatsion qurilish materiallari sohasidagi ilmiy va amaliy mashg'ulotlar muhim ahamiyatga ega. Knauf kompaniyasi va Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti (TAQU) o’rtasidagi hamkorlik bu borada namunaviy misol bo’lib, yangi materiallar bilan ishlash bo‘yicha talabarni  va pedagok kadrlarni  malakasini oshirishni maqsad qilgan. Mazkur hamkorlikda Avstriyalik Knauf Ceiling Solutions GmbH & Co- KG mutaxassislari Janob Klaus Nageler  ishtirok etmoqda. Ular HERADESING materiallarining yangi turlari bo’yicha o’z bilim va ko‘nikmalarini o’rtoqlashmoqda. Har bir mahorat darsi amaliyotga asoslangan bo’lib, ishtirokchilarga innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish imkonini yaratmoqda. Mahorat darslari davomida Avstriyalik Janob Klaus Nageler mutaxassislar  pedagok kadrlarni va talabalarni  innovatsion “HERADESING” qurilish materiallarining xususiyatlari, ularning samaradorligi va foydalanish texnologiyalari bilan tanishtirishadi. Master-klasslarda qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etilib, tadqiqot natijalari va yangi ishlanmalar haqida fikr almashiladi. Knauf va TAQU hamkorligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar talaba yoshlarni va pedagok kadrlarni  malakasini oshirishga, shuningdek, mahalliy qurilish sohasida  va chet el innovatsion texnologiyalarning joriy etilishiga hissa qo’shadi. Bu esa o’z navbatida qurilish sohasining rivojlanishiga yordam beradi. Knauf va TAQU o’rtasidagi ishonchli hamkorlik innovatsion qurilish materiallari sohasida yangi qadamlar tashlashga va talaba yoshlarni kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan.