2025-o’quv yilida Yaponiya hukumati hamda Yaponiyaning Nagoya, Nagoya shahar va Nagoya iqtisodiyot universitetlari tomonidan mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi to’g’risida e’lon qilingan.
2025-o’quv yilida Yaponiya
hukumati hamda Yaponiyaning Nagoya, Nagoya shahar va Nagoya iqtisodiyot
universitetlari tomonidan mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil
olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi to’g’risida e’lon
qilingan. Mazkur grantlar Aichi prefekturasi ma’muriyati, Yaponiya xalqaro
hamkorlik agentligi (JICA)ning “JDS”, Nagoya universitetining “Global 30”,
Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligining BMT
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun stipendiya dasturlari
doirasida ajratilishi ko’zda tutilmoqda. Yaponiya tomonining ma’lumotiga ko‘ra,
nomzodlar universitet o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari,
magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob
berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Ushbu
tanlovda (magistratura, doktorantura) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar
arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilingan holda, on-line tarzda taqdim
etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki yapon tillariga notarial tasdiqlangan
tarjimasi ilova qilinishi kerak. Shuningdek, mazkur stipendiya dasturlari
to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan Yaponiyaning
Nagoya, Nagoya shahar va Nagoya iqtisodiyot universitetlarining quyidagi
veb-sahifalarida tanishish mumkin:
https://www.pref.aichi.jp/soshiki/kokusai/aichi-scholarship-program.html
https://admissions.g30.nagoya-u.ac.jp/admissions/graduateprograms
https://www.nagoya-cu.ac.jp/english/study/information/scholarships/