2024-yil 26-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Rektor v.v.b. Baxrom Tulaganov rahbarligidagi delegatsiyasi XXRning Shanxay shaxridagi Tongji universitetiga tashrif buyurdilar.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 108

2024-yil 26-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Rektor v.v.b. Baxrom Tulaganov rahbarligidagi delegatsiyasi XXRning Shanxay shaxridagi Tongji universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif avvalida delegatsiya a’zolari Tongji universitetining Qurilish fakultetining Qorilish konstruksiyalari, ko’prikmqurilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini tekshirish laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar. Laboratoriya rahbari mazkur laboratoriyalard amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar va tajribalar haqida gapirib berdi hamda balandligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turuvchi Shanhay minorasi maketi ham aynan shu laboratoriyada sinovdan o’tkazilganligini aytib o’tdi. So’ngra delegatsiya a’zolari President ofisiga tashrif buyurdilar. TAQU delegatsiyasini mazkur universitet Vitse Prezidenti Prof. Lou Yongqi kutib oldi. Ucharashuv davomida VitPrezident delegatsiya a’zolarini qutlab, universitet haqida to’liq ma’lumot berib o’tdi. Ma’lumotga ko’ra Shanxay universiteti QS jahon universitetlari reytingida 192-o’rinni, jahon universitetlari akadimik reytingida 151-o’rinni (qurilish bo’yicha 1-o’rinni), U.S. Newsda birinchi o’rinni egallab turgan universitet hisoblanadi. O’z navbatida TAQU Rektori v.v.b. B. Tulaganov ham universitet haqida gapirib o’tdi. Olib borilgan muzokaralar davomida tomonlar quyidagi kelishuvlarga erishdilar:

1. Qurilish konstruksiyari sohasida o’zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish;

2.  Arxitektura va qurilish yo’nalishlarida 2+2 Qo’shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish;

3. Hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish;

4. Yozgi maktablar tashkil etish;

5. TAQU qoshida Konstruktorlar byurosini tashkil etish.