Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"ni o'tkazish davomida universitetning professor-o'qituvchilari uchun navbatdagi seminar tadbiri o'tkazildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 31

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"ni o'tkazish davomida universitetning  professor-o'qituvchilari uchun navbatdagi seminar tadbiri o'tkazildi.  Xususan, Qurilish fakulteti professor-o'qituvchilari uchun  universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamda  TDYU kafedra mudiri o’rinbosari, dotsent, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev tomonidan  "Korrupsiyaga qarshi kurashish " va "Manfaatlar to'qnashuvi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari haqida tushunchalar berildi. Ma'ruzachi tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida professor-o’qituvchilarga dars soatlarini taqsimlashda manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yish holatlarini oldini olish yuzasidan fikr yuritildi. Va tadbir so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.