Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan hamorlik memorandumini imzoladi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 70

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan hamorlik memorandumini  imzoladi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori  B.A Tulaganov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali bilan  hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ikki oliy ta'lim muassasasi rahbarlari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvda Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini rivojlantirish, tajriba va bilimlar bilan almashish, malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etish, seminar-trening, konferensiya, biznes-forumlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Qolaversa Xitoy tajribasi asosida ta'lim va ishlab chiqarish sohasida bir qancha loyihalar ustida hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi.