Rektor tabrigi!
Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli
yurtdoshlar! Sizlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi
munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman! Konstitutsiyamiz – davlatimiz
mustaqilligi, xalqimizning tinch va farovon hayoti, adolat va qonun
ustuvorligini ta'minlovchi asosiy huquqiy hujjatdir. U har bir fuqaroning huquq
va erkinliklarini himoya qilish, ularni kafolatlashning mustahkam poydevori sifatida
xalqimizning ma'naviy yuksalishiga xizmat qilmoqda. Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti jamoasi sifatida biz ham Konstitutsiyamiz
tamoyillariga tayangan holda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotganimizdan
faxrlanamiz. Kelajak avlodlarni tarbiyalashda, zamonaviy bilimlar va
ko‘nikmalarni yetkazishda, shuningdek, qurilish va arxitektura sohasida
innovatsion loyihalarni amalga oshirishda barchamiz bu tamoyillarni asos qilib
olamiz. Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga sog‘liq, baxt-saodat, oilaviy
farovonlik va zafarlar tilayman. Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz farovon
bo'lsin!
Bayramingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan B.A.Tulaganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori.