Ta'lim hamda amaliyot ta'lim sifatini oshirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "ARCHIDOM'' xususiy uyini loyihalash bo'yicha master-klass darsi bo'lib o'tdi.
Ta’lim hamda amaliyot ta’lim sifatini oshirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “ARCHIDOM” xususiy uyini loyihalash bo’yicha master-klass darsi bo’lib o’tdi. Unda arxitektura sohasida 13 yillik tajribaga ega meʼmor, O’zbekistondagi yetakchi arxitektura byurolaridan biri “AKITEK” asoschisi Zokir Mirzaahmedov maʼruza qildi. Arxitektura fakulteti talabalari uchun master-klass darsi nazariy va amaliy qismlarga bo’lingan holda o’tkazildi. Talabalar bilan birgalikda mahalliy qurilish bozorida kam qavatli turar-joy binolarini loyihalashda yo’l qo’yilgan xatolar tahlil qilindi, xususiy uylarning ichki makonlarini tashkil qilishning muqobil usullari hamda an’anaviy uy-joylarni loyihalash usullari o’rganildi. Nazariy qismni tugatgandan so'ng, talabalar master-klassning amaliy qismini boshladilar, ularda radial, trigonal va to'rtburchaklar o'q koordinatalar bo'yicha eskiz ishlab chiqish vazifasi qo'yildi. Master-klass natijalariga ko’ra AKITEK vakillari eng yaxshi eskiz g’oyasiga ega 4 nafar talabani aniqladilar va ularga stajyor sifatida hamkorlik qilish taklifini berdilar.