Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta'limdan keyingi ta'lim bo'yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ichki monitoring tashkil etildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 68

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo'yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ichki monitoring tashkil etildi. Mazkur manitoring universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini baholash va ularga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi. Monitoring jarayonida doktorantlar va izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ularning amaliyotga tatbiq etilish darajasi muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarning ilmiy maqolalari, dissertatsiya ishlari va o’quv dasturlariga muvofiqlik darajasi ko‘rib chiqildi. Yig'ilish yakunida ilmiy izlanishlarning sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Bu kabi monitoring  yig'ilishlar doktorantura va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.