Barcha yoshlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori bilan jonli muloqotga taklif etamiz

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 26


Joriy yilning 20-dekabr kuni Agentlik direktori Akmal Burxanov yoshlar bilan uchrashadi. Muloqotda ishtirok etish istagini bildirgan barcha yoshlar oldindan roʻyxatdan oʻtgan holda qatnashishlari mumkin. Uchrashuv Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosida, 20-dekabr kuni soat 15.00 da boshlanadi.  Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi so‘rovnomani (https://forms.gle/FQej7R4voV9HJQAz6) to‘ldirish so‘raladi. Roʻyxatdan o'tish joriy yilning 18-dekabr soat 16.00 ga qadar davom etadi. Roʻyxatdan oʻtish ishtirokchilar soni belgilangan miqdorga yetganda muddatidan oldin yakunlashi mumkin.

Murojaat uchun raqamlar: 71 2020402 (423)


Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.