TAQUning bir qismi endi Malayziyaning USIM universitetida
2024-yil 18-dekabr kuni TAQU va USIM universitetlari o’rtasidagi yangi
hamkorlik xonasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda ikkala
universitetning professor-o’qituvchilari, xodimlari va iqtidorli talabalari
ishtirok etib, ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama
qilishdi. Hamkorlik xonasi — bu ikki
universitet o’rtasidagi ilmiy va pedagogik sohalardagi hamkorlikni yanada
mustahkamlashga xizmat qiladigan ajoyib maydon. Bu yerda talaba va professor-o’qituvchilar
birgalikda ishlash, tajriba almashish va yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.