TAQU professor-o'qituvchilari Ozarbayjon davlat arxitektura-qurilish univerisitetida stajirofka o'tashmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o'qituvchilari o’zaro
ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Ozarbayjon davlatining Arxitektura
va Qurilish universitetiga bordilar. Ushbu safar
davomida ular ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashish va ta'lim sohasidagi
hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda. Bundan tashqari, ikki oliy
ta’lim muassasasi o’rtasida qo‘shma loyihalar tashkil etish, talabalar
almashinuvi va qo’shma dasturlarni ishlab chiqish bo’yicha muzokaralar olib
borilmoqda. Bu tashrif ikki davlat o’rtasidagi
ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.