Xalqaro xamkorliklar yanada mustahkamlanmoqda TAQU konstruktorlik buyrosini ochish va uni davomiylashtirish maqsadida bir qator mutaxassislar Germaniyada stajirofkaga o'tashmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 74

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Germaniyaning  Veymar shahrida joylashgan "Bauhaus-Universität Weimar" da stajirovka o'tashmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-sentabr kuni qabul qilgan 42-sonli bayoni asosida Toshkent arxitektura-qurilish Universitetida konstruktorlik byurosini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bu loyiha doirasida universitetdagi professor-o'qituvchilar va mutaxassislar Germaniyaning Bauhaus Universitetiga borishdi. Bauhaus universiteti professori, texnika fanlari doktori Lars Abrahamczyk professor-o'qituvchilar va mutaxassislarni iliq kutib oldi va universitetning ilmiy markazlar faoliyati hamda qurilish konstruksiyalari, seysmoizolyatsiya bo’yicha Germaniya standartlari va normalari bilan tanishtirdi. Arxitektura va konstruktsiya, hamda bino va inshootlarning seysmik chidamliligi sohalaridagi qo’shma tadqiqotlar olib borish, talabalar va doktorantlar almashinuvi masalalari bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi. Hozirda professor-o'qituvchilar uchun 16 qavatdan yuqori binolarni zamonaviy dasturlarda loyihalash bo'yicha mashg'ulotlar olib borilmoqda. Stjirovka davomida  seysmik laboratoriya faoliyati va seysmik akselerometr o’rnatilgan inshoot bilan hamda Myunxen shahridagi seysmoizolyatorlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.