O'zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasining ma'lumotiga muvofiq, 2025-o'quv yilida Seulning nufuzli universitetlaridan birida magistratura yo'nalishi bo'yicha tahsil olish uchun e'lon qilingan.
O’zbekiston Respublikasining
Seuldagi elchixonasining ma’lumotiga muvofiq, 2025-o’quv yilida Seulning
nufuzli universitetlaridan birida magistratura yo’nalishi bo’yicha tahsil olish
uchun e’lon qilingan. Mazkur stipendiya dasturi Seul shahri hokimiyati
tomonidan amalga oshirilib, fan va muhandislik sohalari hamda “STEAM” fanlari
bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va ushbu
yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan yosh davlat xizmatchilari uchun
mo‘ljallangan. Dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar (aviachipta, o‘qish,
turar joy, tibbiy sug‘urta, oylik stipendiya) Koreya tomonidan qoplanadi. Koreya
tomonining ma’lumotiga ko’ra, nomzodlar o'qituvchi, ilmiy xodim, doktorant,
magistrant, talabalar qatoridan bo'lishlari va muayyan talablarga javob
berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Ushbu
tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur
hujjatlarni ilova qilgan holda, 2025-yil 15-yanvarga qadar Xalqaro aloqalar bo’limiga
(Bosh bino 604-xona) taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki
koreys tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.