Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida talaba-qizlari o'rtasida "Yangi yilda yangi maqsad'' nomli psixologik motivatsion trening tashkil etildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 83

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida  talaba-qizlari o'rtasida  "Yangi yilda yangi maqsad" nomli psixologik motivatsion trening tashkil etildi. Treningni o’tkazishdan asosiy maqsad talaba-qizlarda o’z-o’ziga bo’lgan ishonchni oshirish, yuqori maqsad qo’ya olishga ko’maklashish, hayotga bo’lgan mehr muhabbatini kuchaytirishdan iborat. Trening davomida psixologik texnikalar va qiziqarli savol-javoblar bo’lib o’tdi. Talaba qizlar yangi 2025- yilda amalga oshirmoqchi bo’lgan ezgu niyatlari va yangi yil rejalari haqida o’rtoqlashildi va barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashishdi.