Talaba-yoshlarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, shuningdek, yoshlarni milliy va umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarimiz, an'ana, urf-odat, milliy san'atimiz bilan yaqindan tanishtirish, Jadidlarimiz hayotini chuqur o'rganish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlari o'rtasida "Yurtim qadriyatlari'' ko'rik-tanlovining 1-fakultetlararo bosqichi bo'lib o'tdi.
Talaba-yoshlarning
o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, shuningdek, yoshlarni milliy va
umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana,
urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish, Jadidlarimiz hayotini chuqur o‘rganish
maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlari o'rtasida
"Yurtim qadriyatlari" ko'rik-tanlovining 1-fakultetlararo bosqichi
bo'lib o'tdi.
Jamoalar 3 ta shart
bo'yicha bellashdilar.
"Milliy an'ana,
qadriyat va urf odatlar" hamda "Kompozitsion musiqiy chiqishlar"
barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Tezkor savol-javob shartida
ishtirokchilar bilimlarini qay darajada ekanligi bilib oldilar.
Natijalarga ko'ra
1-o'rin Arxitektura
fakulteti jamoasi 2-o'rin Qurilish fakulteti jamoasi deb topildi.
G'olib jamoalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.