Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi va O'zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev hamda uning birinchi kotibi Elbek Saidovlar ishtirokida Kuala-Lumpur shahrida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi va O'zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev hamda uning birinchi kotibi Elbek Saidovlar ishtirokida Kuala-Lumpur shahrida uchrashuv bo'lib o'tdi. Tashrif davomida TAQU va Malayziyaning uchta yetakchi universiteti – USIM (Universiti Sains Islam Malaysia), UPM (Universiti Putra Malaysia), va UM (Universiti Malaya) oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu uchrashuvda tomonlar oʻzaro tajriba almashish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev universitetlar oʻrtasidagi aloqalarni yuqori baholab, elchixona har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligini taʼkidladi. Ayniqsa, TAQU va UM oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda 2025-yil fevral oyida Oʻzbekiston va Malayziya davlat rahbarlari uchrashuvi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashni jadallashtirish masalasiga alohida urgʻu berildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Malayziya oliy taʼlim muassasalari rektorlari uchrashuvining birinchi forumini oʻtkazish va Malayziyada TAQU fakultetini qayta tashkil etish tashabbusi ham koʻrib chiqildi. Mazkur tashabbuslar ikki mamlakat taʼlim tizimini integratsiya qilishda yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.