Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muhandislik" fakulteti doirasida "Qurilish materiallari va konstruktsiyalari texnologiyasi" hamda "Qurilish va atrof-muhit muhandisligi" kafedralari professor-o'qituvchilari hozirda Rossiya Federatsiyasining Qozon Davlat Arxitektura-Qurilish Universitetiga xizmat safarini amalga oshirmoqdalar.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muhandislik" fakulteti doirasida "Qurilish materiallari va konstruktsiyalari texnologiyasi" hamda "Qurilish va atrof-muhit muhandisligi" kafedralari professor-o'qituvchilari hozirda Rossiya Federatsiyasining Qozon Davlat Arxitektura-Qurilish Universitetiga xizmat safarini amalga oshirmoqdalar. Mazkur tashrif davomida QozDAQU rektori Nizamov Rashit Kurbangaliyevich, "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari texnologiyasi" kafedrasi mudiri Xozin Vadim Grigoryevich va boshqa professor-o'qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Safar davomida QozDAQUning turli bo'limlari, innovatsion markazlari va laboratoriyalari, shuningdek, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishuv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida kelgusida ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish hamda ta'lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda. Bu tashrif ikki tomonlama ilmiy va pedagogik hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.