2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 62

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun e’lon qilingan quyidagi o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumot yuborilmoqda:

– “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;

– “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.

Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2025-yil 24-yanvargacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3

veb-sahifada batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi hamda barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga topshirishlari kerak.