Azarbayjon me'morlik va inshoot universitetida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o'qituvchilari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Azarbayjon me'morlik va inshoot universitetida
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o'qituvchilari bilan yakuniy
uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv Azarbayjon me'morlik va inshoot
universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Akif Kosimov,
kafedra mudirlari: professor Muxlis Xojiyev, professor Nurmamed Mammadov,
dotsent Salatin Ahmedova, dotsent Aygun Mammadova va Tashqi aloqalar bo‘limi
boshlig‘i o‘rinbosari Kenul Shirinova hamda Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ikki
davlat universitetlari o‘rtasida o‘quv, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy
sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro loyihalar va grantlar doirasida
birgalikdagi ishlash imkoniyatlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va talabalar
almashish, hammualliflikda maqola va monografiyalar nashr qilish, hamkorlikda
seminar va konferensiyalar o‘tkazish, universitetlarning ilmiy jurnallarida
tahririyat a’zoligi bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi. Uchrashuv
yakunida AzMIU rahbariyati tomnidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
professor-o‘qituvchilariga stajirovka o'tganligi bo'yicha sertifikatlar
topshirildi.
Batafsil:https://azmiu.edu.az/az/news/4323