2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat'' tizimini boshqarish bo'limi tomonidan seminar tadibri tashkilashtirildi.
2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”” (4-bandi)da belgilab berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari va tyutorlar ishtirokida seminar tadibri tashkilashtirildi. Ushbu tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, hamda universitet bosh yuristkonsulti L.Bahromov lar ishtirok etidilar. Tadbir boshida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi M.Isakdjanov so‘zga chiqib, Universitetda bugungi kunda Odob-axloq, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va Ichki mexnat qoidalariga rioya qilish bo‘yicha bo‘lim, inson resurslarini boshqarish bo‘limi va universitet huquqshunoslari bilan birgalikda belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga orilib kelinmoqdaligi ishtirokchilarga yetkazildi. 2. Shundan so‘ng, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev so‘zga chiqib, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” bo‘yicha tadbir ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet bosh yuristkonsulti L.Baxromov so‘zga chiqib universitet rektorining 2023-yil 22-iyundagi 168-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki mexnat qoidalari” to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Xususan, u tadbir ishtirokchilarni universitet “Ichki mexnat qoidalari”ga barcha universitet xodimlari qat’iy amal qilishlari lozimliklari va ushbu xujjat bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarning ma'sullar bilan qizg'in savollar-javoblari bilan yakunlandi.