Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "14-yanvar vatan himoyachilari kuni'' munosabati bilan universitet professor-o'qituvchi va xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 30

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "14-yanvar vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan universitet professor-oʻqituvchi va xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitet rektori B.Tulaganov so'zga chiqib, bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va kelgusida xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayramidir. Ushbu bayram munosabati bilan barchani tabriklagan holda tadbirni ochib berdi. Tadbir davomida universitet hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan ko'p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoyligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan xodimlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.