2025-yil 15-yanvarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aktsiyadorlik tijorat banki, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallariLITI” MChJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshidagi R&D tadqiqotlar markazi rahbariyati va mutaxassislari bilan 2025 yil 15 yanvar kuni uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda quyidagi vazifalar muhokama etildi, xususan: qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning munosabatlari asosida ta’lim mazmuni takomillashtirish; dual ta’lim tizimi asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish; ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani yanada rivojlantirish; korxonalarda talabalarning amaliyotlarini sifatli o‘tkazish; korxonalarning muammolari Yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va bitiruv malakaviy ishi mavzularini shakllantirish; qurilishda talabi yuqori bo‘lgan sifatli yangi mahsulot turlarini yaratish va kengaytirish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga doir ilmiy asoslangan innovatsion va fundamental loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish; qurilish materiallari ishlab chiqarishdan boshlab foydalanish davrigacha ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar” tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish; Toshkent arxitektura-qurilish universiteti imkoniyatlarini tijoratlashtirish. Uchrashuvda belgilangan vazifalarni natijadorligini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yo‘l xaritasi kelishib olindi.