Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta'sirini bartaraf etish'' mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning nоqоnuniу aylanmasiga chek qо'уish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta'sirini bаrtаrаf etish” mavzusida targ’ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, Kiberxavfsizlik bo'limi inspektori letenant B.Ibragimov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratilganligi bo'yicha talabalarga muhim ma'lumotlar yetkazildi. Talaba yoshlarga kerakli ko’nikma va tavsiyalar berildi. Yoshlar orasida sodir etilgan jinoyatchiliklar muhokama qilinib, oldini olish maqsadida ogohlikka chaqirildi.