Universitet rahbariyati va "GOLDEN HOUSE " kompaniyasi bosh direktori bilan navbatdagi uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati “GOLDEN HOUSE” kompaniyasi bosh direktori V. L Kalina bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda imzolangan shartnomaga asosan ikki tashkilot tomonidan hamkorlikdagi vazifalarni yana bir bor koʻrib chiqib amalga oshirilgan bir qator vazifalar sanab oʻtildi. Bundan tashqari “GOLDEN HOUSE” tashabbusi bilan talabalarga yangi yoʻnalishlarni yaʼni mahsulotshunoslik fanlarini joriyi etish taklifi namoyish etildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda talabalar uchun amaliyot masalalariga ham to'xtalib o'tildi.