Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.M.Xadjaev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.X.Mardov va fakulteti dekani D.K.Xoliqov talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Muhandislik fakulteti dekani D.K.Xoliqov tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi va universitet rektori B.A.Tulaganovga soʻz berdi. Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda universitetda yoshlar uchun yaratilgan koʻplab imkoniyatlarni ta’kidlab, talabalar ulardan unumli foydalanishga chaqirildi. Bundan tashqari talabalar uchun loyiha markazlari tashkil etilganligi va u yerda talabalar oʻz malakalarini oshirish mumkinligini ta’kidlab oʻtdi. Uchrashuvda yangiliklar, xalqaro hamkorliklar, loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tadbir davomida Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.M.Xadjaev universitetning oʻquv jarayoni va kredit modul tizimi toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtdi. Talabalar bilan qiziqarli savol javob ham boʻlib oʻtdi.