Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o'quv dasturlariga grantlar
Bruney Tashqi ishlar vazirligi Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o'quv dasturlariga grantlar ajratilganini ma'lum qiladi. Arizalar 2025-yil 15-fevralga qadar https://www.mfa.gov.bn/Pages/online-bdgs.aspx havolasi orqali qabul qilinadi hamda tanlov tartibi, shartlari va boshqa jihatlari yuzasidan batafsil ma'lumotlarni ham ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar 2025-yil avgustdan boshlab quyidagi universitetlardan birida ta'lim olishi mumkin:
1. Universiti Brunei Darussalam (https://ubd.edu.bn/);
2. Universiti Islam Sultan Sharif Ali (https://unissa.edu.bn/);
3. Universiti Teknologi Brunei (https://www.utb.edu.bn/);
4. Kolej Universiti Perguruan Ugama Seri Begawan (https://www.kupu-sb.edu.bn/Theme/Home.aspx) ;
5. Politeknik Brunei (https://pb.edu.bn/).