Xalqaro xamkorlik

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 42

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti  professor  oʻqituvchilari  Turkiyada  boʻlgan xizmat safari davomida Istanbul Universitetida uchrashuv bo'lib o'tgani haqida xabar  bergan edik.

Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumni imzolashga kelishilgan edi.  Kuni kecha Toshkent Arxitektura qurilish Universiteti rektori v.v.b  B.Tulaganov tomonidan ushbu memorandum imzolandi.

Memorandum shartlariga ko'ra endilikda  ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yozgi taʼlim maktablarini tashkil etish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy maqolalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar nazarda tutilgan.

Eslatib o'tamiz! Istanbul Universitetida bugungi kunda  17 ta fakultetda 48000 ta talaba tahsil oladi. Universitet  QS reytingida dunyo universitetlari orasida 621-oʻrinni egallab, xalqaro ilmiy va akademik hamkorlikda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ushbu memorandum ikki universitet oʻrtasida akademik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.