Ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 199

Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti Kovorking markazida O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi va ko'chmas mulk bozorida innovatsion faoliyatning ustuvor yo'nalishlari mavzusiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi. TAQI rektori Ercan Kahya so'zga chiqib, konferensiya ochib berdi hamda 'Ushbu konferensiya bir birimiz bilan muloqot almashinuv maydoni bo'ladi, degan umiddaman'- deya ta'kidladi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Belarus milliy texnika universitetidan vakillar mexmon sifatida ishtirok etmoqda. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya “Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish” kafedrasi tomonidan tashkil qilindi.

Ma'lumot o'rnida konferensiya 15-16-dekabr kunlari bo'lib o'tadi.