Institutimizdan 1 nafar vakil taqdirlandi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 176

“O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” oyligi doirasida 18-19-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti 4-bosqich talabasi Axmed Maxdum va akasi Muhammet Mahdum o‘zlarining turizm bo'yicha 'TRAVELLY' loyihasi bilan TOP-100 likka kirdi va gʻolib bo'ldi.

Loyiha ishtirokchilariga nima sovg‘a qilindi?

Top-100 talikka kirgan ishtirokchilar esa quyidagilarga ega bo‘lishdi: 

Esdalik haykalchasi 

Yoshlar ishlari agentligidan maxsus diplom va sovg‘alar to‘plami

InnoPark dan kovorkingdan 3 oylik foydalanish huquqini beruvchi vaucher 

It-Park dagi akseleratsiya dasturiga sertifikat 

10 mln so‘m pul mukofoti.

G'alaba muborak bo'lsin