Rektorlar Geologiya fanlari universitetida: tanishish, fikr almashish va sarhisob

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 79

Qisqa vaqt mobaynida barpo etilgan kampus bilan tanishish maqsadida respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari bir joyda jam boʼlishdi.

Rektorlar kampusda talabalarning yashashi, bilim olishi, darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Shundan soʼng, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov rahbarligida 120 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filialllar direktorlari ishtirokida 2021 yil yakunlariga bagʼishlangan kengaytirilgan Hayʼat majlisi oʼtkazildi. Yigʼilishni vazir А.Toshqulov ochib berdi va oliy taʼlim tizimida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilda taʼlimni sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish borasidagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berdi.