Nufuzli oliy ta'lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O'zbekistonda bo'lib turibdi.
Shu kunlarda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʼzvar (Erol Özvar) boshchiligida kengash aʼzolari va nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Oʼzbekistonda boʼlib turibdi. Аyni vaqtlarda delegatsiya bilan ilk uchrashuv ikki mamlakatning nufuzli oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-oʼqituvchilar oʼrtasida davra suhbati bilan boshlandi. Tadbirni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʼzvar va Turkiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar oʼz nutqlari bilan ishtirok etishmoqda.