Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya islohotlari
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Institut rektori Ilxom Sabirov o‘quv yurtining moddiy-texnik bazasi, ilmiy salohiyati, chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan samarali ishlar, xususan, oldinda belgilangan reja va maqsadlar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, tashrif yakunida Ercan Kahya tomonidan Institut faoliyati haqida samimiy fikrlar bildirildi. Kelgusida ikki oliy dargohning hamkorlikdagi ishlari hamda bir-birlari bilan amaliy tajriba almashish maqsadida yaqin kelajakda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurishi alohida ta’kidlandi.