Najot ta'limda, najot maktabda, najot bilimda
Oliy ta'lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi va tajriba almashishi ta'lim tizimidagi taraqqiyotni belgilovchi omildir. Yaqinda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan ta'lim islohotlari bilan bog‘liq videoselektorda “Najot ta'limda, najot maktabda, najot bilimda” degan fikrni e'tirof etarkanlar, ta'limga e'tibor vatan taqdiriga daxldor ekanligini yana bir bor uqtirganlari sir emas. Ikkala ta'lim muassasasi rektorlarining uchrashuvida yuqoridagi mulohazalarning ifodasini ko‘rish mumkin. Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Mirzayev muloqot qildi. Ercan Kahya dastlab O'zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlab tashkil qilingan muzey bilan yaqindan tanishdi. Har ikkala rektor kelgusidagi hamkorlik rejalarini o‘zaro kelishib olishdi.