Rektor va talabalar uchrashuvi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 86

Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya institut Klub sardorlari bilan muloqoti bo'lib o'tmoqda. Muloqot jarayonida rektor Ercan Kahya talabalarning qiziqishlari, bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazishlari hamda ularga qanday shart-sharoitlar yaratilishi, istaklari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Shuningdek institutda tashkil qilingan klublar ish jarayoni bo'yicha fikrlar almashildi ya'ni, har bir vaqtdan unumli va mazmunli foydalanish bo'yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari talabalarning o'quv jarayonida uchraydigan muammolar aytib eshitildi. Ma'lumot o'rnida bugungi kunda institutda 39 ta Klublar faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, uchrashuvda Teatr”, “Turk tili”, “Kitobxonlar”, “Konstruktorlar”, “Musiqa”, “Zakovat”, “3DS MAX”, “AUTOCAD”, “Shaxmat”, “Quvnoqlar va zukkolarklublari sardorlari ishtirok etmoqda.