Rektor va mahalla raislari uchrashuvi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 168

Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instititi rektori Ercan Kahya ishtirokida institutga biriktirilgan mahallalarning mahalla raislari bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad mahallarda mavjud muammolarni yaqindan bilish, qilinadigan ishlar bo'yicha kelishib olish hamda takliflar berish. Ma'lumot o'rnida bugungi kunda institutga Toshkent shahridagi Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi 8 ta mahalla biriktirilgan bo'lib institut va mahallalar o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Uchrashuv jarayonida Axilobod, Bog'ishamol, Yangibog', Akbarobod, Yunusobod, Otchopar-2 mahalla raislari tomonidan to'liq ma'lumotlar berildi hamda institut faoliyatiga iliq fikrlar bildirildi.