Nomdor stipendiya sovrindorlarini taqdirlash

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 73

Joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida Prezident va nomdor stipendiya sovrindorlari hamda ularning ilmiy rahbarlari rektor tomonidan taqdirlandi. Taqdirlash jarayonida rektor Ercan Kahya bilan talabalar o'rtasida ingliz tilida ochiq muloqot  bo'lib o'tdi. Talabalar o'z yutuqlari haqida rektorga gapirib berdilar.Tadbir yakunida talabalar va ilmiy rahbarlari guvohnomalar, tashakkurnomalar hamda sovg'alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek talabalar tomonidan tayyorlangan iqtidorli talabalar logitipi tushirilgan esdalik sovg'a rektor Ercan Kahayaga taqdim etildi. Institutning iqtidorli, faxrli talabalarini yutuqlari bilan tabriklaymiz, keyingi ishlarida zafarlar tilaymiz!