TAQU Turkiyaning Dicle universiteti bilan memorandum imzoladi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 188

    Joriy yil 10-mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti hamda Turkiya Respublikasi Dijle Universiteti o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Hamkorlik uchrashuvi jarayonida ikkita oliy ta'lim o'rtasida Memorandum imzolandi. Bundan ko'langan asosiy maqsad ikki tomon oliy o'quv yurtlari o'rtasida amalga oshiriladigan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda birgalikdagi bajariladigan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan. Uchrashuvda TAQI rektori professor Erjan Kahya, Dijle Universiteti rektori professor Mehmet Karakoj, Dijle universiteti mas'ul hodimlari hamda TAQI prorektorlari ishtirok etdi. Uchrashuv so'ngida tomonlar esdalik sovg'alar almashishdi.