Bahor sayli

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 98

Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish institutiga biriktirilgan Yunusobod mahallasida 'Bahor sayli' bo'lib o'tmoqda. Erta tongdan dosh qozonda Navro'z bayramining asosiy taomi hisoblangan sumalakni mehr ila tayyorlash boshlab yuborildi. Ushbu tadbir institutning Arxitektura fakulteti rahbariyati, talabalari hamda mahalla faollari hamkorligida tashkil etildi.