Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 148

Milliy qadriyatlarimizni o'zida aks etgan Navrozi olam yurtimizning har bir go'shalarida tantanali nishonlandi. Ana shunday tantanavor ruhda “Har kuning bo'lsin Navro'z” shiori ostida bayram tadbiri Toshkent arxitektura-qurilish institutida o'tkazildi. Mazkur tadbir institutga biriktirilgan Yunusobod tumanidagi Akbarobod mahallasi va instituning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bolimi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Milliy liboslar” va “Eng yaxshi milliy taomlar dasturxoni” nominatsiyalari bo'yicha guruhlar o'rtasida bellashuv tashkil etildi. Dasturxonlar bahoriy taomlar bilan bezatildi. Shuningdek, shaxmat, shashka, stol tennisi, arqon tortish hamda tosh ko'tarish kabi sport musobaqalari o'tkazildi. G'oliblar institut tomonidan taqdirlandi.