Hamkorlik uchrashuvi va istiqboldagi rejalar

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 81

Joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya va KNAUF GIPS BUXORO XK MCHJ korxonasi Toshkent fillilali direktori Shuxrat Abdujamilov,  korxonaning Informatsion texnologiyalari bo’limi boshlig’I Shukrullo Komilov bilan hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda ikki tomonlama 14 yillik muvaffaqiyatli hamkorlik va amalga oshirilgan ishlar to’g’risida suhbat olib borildi.

Suhbat davomida “KNAUF GIPS BUXORO” XK MCHJ korxonasi vakillari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumot berildi xamda ushbu mahsulotlarni O’zbekistonda va dunyoda qo’llanilishi to’g’risida batafsil to’xtalib o’tildi.

Shu bilan birga TAQI yangi Kampusida joylashgan “KNAUF GIPS BUXORO” XK MCHJ korxona laboratoriyasiga 50 yaqin turli qurilishda ishlatiladigan mahsulotlarni talabalar amaliyotda foydalanishlari uchun homiylik asosida yetkazib berishlari to’g’risida kelishib olindi.